Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Аxborot- resurs markazi xodimlari tomonidan “Kitobxon talaba” Respublika ko’rik-tanlovining institut bosqichi tadbir..

2021 yil  21 may   soat 1300 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti  Аxborot- resurs markazi I-bino o’quv  zali o’tkazildi.ARM xodimi  N.Murodova tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad, tadbir ishtirokchilari, hay’at a’zolari hamda kun tartibi bilan tanishtirib o’tdi va bu tadbirdan ko’zlangan maqsad va vazifalar haqida ma’lumotlar berdi.
Bunday tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad, talabalar o’rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini targ’ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashdan iborat.  Shu maqsadda  Oʼzbekiston Respublikasi  Prezidenti Аdminstratsiyasining 2019 yil 7 noyabrdagi 25445-xh-sonli topshiriq xati bilan yuborilgan “2019-2020 oʼquv yilllarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʼlomlashtirish maqsadida “Maʼrifatli yoshlar- yurt koʼzgusi” shiori ostida turkum maʼnaviy maʼrifiy tadbirlarini oʼtkazish boʼyicha namunaviy “Yoʼl xaritasi”ning 24-bandida belgilangan vazifalar hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining 2020 yil 13 martdagi 197-sonli buyrugʼida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, hamda institut  talabalarioʼrtasida kitobxonlik  va mutolaa madaniyatini keng targʼib etish, kitobga boʼlgan qiziqishini yanada oshirish va ragʼbatlantirish maqsadida Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan “Kitobxon talaba” respublika tanlovining institut  bosqichi 21-may “Kutubxonachilar kuni”ga bagʼishlab Buxoro muhandislik-texnologiya institutida oʼtkazildi. Tanlovda 20 nafardan ortiq institut  professor-o’qituvchilari, 40 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tanlovning 1- shartida Eng bilimdon kitobxon sharti (test shaklida 50 ta savoldan iborat ),  2-shartda “Аnnotatsiya mahorati” sharti,  bunda  ishtirokchi  tomonidan “Men yoqtirgan asar” nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asar bo‘yicha  qisqacha ma’lumotlar – annotatsiya beriladi. 3-shartda esa “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targʼib etish” sharti bunda  ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish jarayoni amalga oshiriladi.  boʼyicha talabalar bellashdi.  Tanlov nizomiga muvofiq barcha shartlar natijalariga koʼra,
1-oʼrin -Kimyoviy texnologiya yoʼnalishi 1- bosqich magistranti X.Toshpulatov;
2-oʼrin- Kimyoviy texnologiya yoʼnalishi 1- bosqich talabalari N.Аdizova, D.Komilova;
3-oʼrin -Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari fakulʼteti talabasi Sh.Murodov va Kimyoviy oziq-ovqat texnologiyalari fakulʼteti talabalari M.Raxmatullaeva va N.Xoliqovlar loyiq deb topildi. G’olib talabalarga faxriy yorliqlar, kitoblar va pul mukofotlari taqdim etildi.