Erasmus + Action 2 CBHE dasturining “610170-EPP-1-2019-1-ES–EPPKA2-CBHE–JP ELBA: Markaziy Osiyoda katta hajmdagi maʼlumotlarni intellektrual tahlil etish boʻyicha markazlarini yaratish va kurslarni ishlab chiqish” nomli loyihasi doirasida, Ulugʻbek Ibragimov, G‘anisher Yunusov va Zayniddin Khujanazarovlar Buxoro muhandislik–texnologiya institutidan 2022-yilning 28-martidan 8-apreliga qadar Italiyaning Turin shahridagi Politexnika universitetida tashkil etilgan treningda ishtirok etishdi.
Trening quyidagi dastur rejasiga muvofiq tashkil etildi:
- Elementar ehtimollar nazariyasi va bir o’zgaruvchan taqsimotlarning umumiy ko’rinishi;
- Birgalikda taqsimlash, namuna taqsimoti. Taqsimotni baholash;
- Ishonch oraliqlari. Gipotezani tekshirish. Statistik tahlil uchun dasturiy ta’minot;
- Chiziqli algebraning umumiy qoidalari;
- Algebraik topologiya asoslari;
- Doimiy homologiya;
- Topologik ma’lumotlarni tahlil qilish algoritmlari (TDA);
- Chuqur o’rganish(Deep machine learning) va topologiya;
- Tajriba loyihasiga kirish.
Ushbu ma`lumotlarni tinglovchilarga yetkazishda yordam bergan professor va o’qituvchilar:
Prof. Roberto Fontana
Dots. Marko Guerra
Biz ularga samarali va mazmunli o’rganishni ta’minlash uchun qilgan sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Muallif: Ulugbek Ibragimov, “TJBAKT” kafedrasi dotsenti.