Bugun Buxoro davlat unversitetida “Qizlarjon” birinchi an’anaviy forumi bo’lib o’tdi

Bugun Buxoro davlat unversitetida “Qizlarjon” birinchi an’anaviy forumi bo’lib o’tdi. Bunda jamiyatimizning eng faol ayollari hamda talaba qizlari ishtirok etishdi. Ular o’zlarining speakerlik va liderlik maxoratlarini forumda namoyish etishdi. Ayni damda forumda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Yengil sa’noat mashina va jixozlar kafedrasininig 2 bosqich magistranti Rayimova Nigina “HANDMADE” to’garagining muallifi sifatida 5 tashabbus ijrosini ta’minlash yo’lida qizlarimizning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish mavzusida o’z master-klass darsi bilan ishtirok etdi.