BMTI “Mexanika va arxitektura-qurilish” fakultet rahbariyati tomonidan Ikkinchi jahon urush qatnashchisi holidan xabar olindi

Mexanika va arxitektura-qurilish fakulteti YoBIB dekan o‘rinbosari Sh.T.Temirov

Yurtimizda keksalarni qadrlash, yoshi ulug‘ nuroniylar hamda ijtimoiy ko‘makka muxtojlarni holidan xabar olish azaliy qadriyatlarimizdan biri sanaladi. Ayniqsa, har galgi bayramlar arafasida ularni sovg‘a-salomlar bilan yo‘qlash va ko‘nglini ko‘tarish odat tusiga kirgan.
Kirib kelayotgan 9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mexanika va arxitektura-qurilish fakulteti rahbariyati Buxoro viloyatidagi ijtimoiy ko‘makka muxtoj keksalar va yoshi ulug‘ nuroniylar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi va bayram bilan tabrikladi.Shuningdek, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va bayram sovg‘asi tuhfa etilib, ko‘ngillari ko‘tarildi.Nuroniy otaxonu-onaxonlar o‘zlariga qilingan bunday e`tibor va xayrli ishdan g‘oyatda mamnun bo‘lishib, yurtimizga tinchlik va omonlik so‘rab qo‘llarini duoga ochdilar.

Keksa avlod vakillariga e`tibor va g‘amxo‘rlik, hurmat-ehtirom ko‘rsatish ma`naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotir. Xonadonlarimiz fayzi bo‘lgan keksalar holidan xabar olish, og‘irini engil qilish nafaqat farzandlik burchimiz, balki jamiyat ishiga aylandi.

Shu bois 9 may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mexanika va arxitektura-qurilish fakulteti dekani Sh.M.Muradov, dekan o‘rinbosarlari Z.F.Jumayev, Q.Yu.Maxmudov hamda YoBIB dekan o‘rinbosari Sh.T.Temirovlar tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Haydarov Said Karimovich holidan xabar olinib, sovg‘alar ulashdi.

O‘tmishga nazar soladigan bo‘lsak II jahon urushining unitilmas xotiralari ota bobolarimiz yuzlarida qalqib turgan ajinlarida aks etgibgina qolmasdan balki hikoya qilib bergan so‘zlaridan anglash qiyin emas.

Joylarda o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlarda keksalarimizning bosib o‘tgan yo‘li, hayotiy tajribasi yoshlarga ibrat ekanligi, xalqimiz hech bir ishni keksalar duolarisiz boshlamasligi bejizga emasligi hayotiy misollar orqali ochib berilmoqda.