“Biz buyuk yurt farzandlarimiz, Ijodiy va intellektual salohiyatli yoshlar – yurtimiz kelajagi – oq yo’l!” shiori ostida mamlakatimizning o’rta ta’lim maktablarida oxirgi qo’ng’iroq jarangladi

Buxoro shahridagi 23-o’rta ta’lim maktabida ham 25 may kuni qo’ng’iroq jaranglari ostida yangi hayot, porloq kelajak sari kuzatildi. Tadbirda ko’plab ota onalar, jumladan shu jonajon maktabni bitirgan BMTI “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi Musayeva J.K., Buxoro ‘Perenotal Markazida bosh hamshirasi  Tosheva Mehriniso, Aynan ushbu 23-o’rta ta’lim maktabida ta’lim berayotgan  iqtisodiy geografiya o’qituvchisi Muxammedova Mo’tabar, rus tili o’qituvchisi  Bakayeva Diluza, ismoniy tarbiya o’qituvchisi Kamalova Ra’nolar ham istirok etishib, 31 yil oldin shu jonajon o’quv dargohi bitirib, yoshlik davrini, ta’lim bergan jonkuyar va fidoyi o’qituvchilarini, davlat imtixonlarini xotirlashdi, oxirgi qong’iroqni esga olishdi. Bugun esa o’z farzandlari uchun oxirgi qo’ng’iroq jarangladi.
Barcha sohalarda, ayniqsa, fan va ta lim, sport, salomatlik sohasidagi islohotlar bu yurt farzandlarining barkamol o’sishi uchun xizmat qilmoqda. Har qanday davlat, har qanday jamiyat ham o’z boyliklari bilan qudratli hisoblanadi. Ko’p asrlik tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, jamiyatning haqiqiy boyligi, bu- inson, inson avlodidir. Kishilik jamiyati el-yurtiga, vataniga sadoqatli, iymon-e tiqodi butun, mard va jasur, malakasi yetuk, ma naviyati yuksak insonlar bilan faxrlanadi. Ana shunday noyob fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan xalq kelajakka ochiq yuz, katta ishonch  bildiradi.
Yoshlarga vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mamlakatning yoshlarga oid davlat siyosatining tarkibiy qismidir.
“Yurtimizda biz yoshlarga berilyotgan imkoniyatdan to’g’ri foydalangan holda kuchli bilimli kadrlar bo’lib yetishishimiz zarur. Zeroki, kelajagi  buyuk davlatimiz -bu biz , bu bugungi yoshlarning porloq kelajagi”, deydi bitiruvchi yoshlarimiz.
Agarda biz hozir yoshlarimizga bilim va tarbiya bermasak hech qachon rivojlanmaymiz va oldinga siljimaymiz. Chunki rivojlangan davlatlarga e’tibor qaratsak, bu davlatlar eng avvolo yoshlarga bilim bergan holda shunday darajaga erishgan. Bobolarimiz aytganday “Ilm qayda bo’lsa buyuklik bo’lar”. Bu so’z hozirgi kunda yaqqol tasdig’ini topmoqda. Negaki, zamon tez rivojlanmoqda biz bugun o’qimasak ertga kech bo’ladi. Birgina misol tariqasida axborot texnologiyalari sohasini olaylik. Bu sohada bugun chiqqan yangilik ertaga eskirmoqda va bizdan buni yuqori malakali kadrlar tayyorlashni talab etadi.
Vatan kelajagi uchun mustahkam poydevor bo’la oladigan munosib farzand bo’lishimiz, oldimizga qo’ygan ezgu maqsadlarimiz tomon mardonavor qadam tashlashimiz, buyuk ajdodlar izi ekanimizni anglamog’imiz, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizni, ulug’ ajdodlarimiz merosini chuqur o’zlashtirishimiz bugungi tez o’zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab mustaqil fikrlashimiz va ona vatanimizdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga daxldorlik hissi bilan yashashimiz, eng muhimi otamizdan meros istiqlolni jon-u tan bilan asrashimiz lozim.- dedi Buxoro shahar 23- orta ta’lim maktabi direktori  Imomova Istat Raximovna.
Ishonchim komilki, ana shunday noyob, insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatli, qorachig’i g’ayrat va shijoatga to’la munosib farzandlari bor xalq hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi, o’zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi.