BIR ZIYOLI – BITTA MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY!

2022 yil 11-iyun kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari kafedra mudiri dotsent Sh.N.Xayitov, dotsent N.M.Zayavitdinova, katta o’qituvchilar N.Yu.Usmanova, A.A.Primova va D.M.Artikovalar o’zlariga biriktirilgan Buxoro shahridagi “Namozgoh” mahalla fuqarolar yig’iniga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig’iniga yangi saylangan rais, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori bilan uchrashib mahalladagi ahvolni o’rgandilar.
   
Mahallada yashovchi aholining yashash sharoiti bilan tanishib, ularning muammolarini o’rgandilar va mavjud muammolarni yechish yuzasidan amaliy tavsiyalar berdilar. Mahallada tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi va kasb-hunar o’rganmoqchi bo’lgan xotin-qizlar va yoshlarga mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish, kasb-hunar o’rganish, kredit olish bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatdilar.