BIR ZIYOLI – BITTA MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY!

BIR ZIYOLI – BITTA MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY!

2022 yil 16-iyun kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Menejment” kafedrasi o`qituvchi – stajori J.A.Raxmatovga biriktirilgan Buxoro shahridagi “Jo`bor” mahalla fuqarolar yig’iniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig’iniga yangi saylangan rais, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori bilan uchrashib, mahalladagi ahvol o’rganildi.

Mahallada yashovchi aholining yashash sharoiti bilan tanishib, ularning muammolari o’rganildi va mavjud muammolarni yechish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Mahallada tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi va kasb-hunar o’rganmoqchi bo’lgan xotin-qizlar va yoshlarga mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish, kasb-hunar o’rganish, kredit olish bo’yicha tavsiyalar berildi.