Mamlakatimiz iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o‘sayotgan bir vaqtda, erkin raqobat va aholining turmush farovonligini ta’minlashda, tashkilot va korxonalarda boshqaruv faoliyatini samarali tashkil qilishda rahbarlik mahorati muhim ahamiyatga ega.

 

  Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, hamda institut xotin qizlar maslahat kengashi hamkorligida,  “Rahbar ayol imidjini yaratish” mavzusida davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

  Ushbu o‘tkazilgan tadbirlarda rahbar ayol imidji, ya’ni kasbiy, ijtimoiy, oilaviy, shaxsiy imidji kabi sifatlari haqida so‘z bordi.