Buxoroda  “Yosh muhandis-texnologlar bog‘i” tashkil etildi

Ayni kunlarda barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali ko‘chatlarni ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Loyiha doirasida Buxoro shahridagi Namozgoh mahallasining bo’sh turgan yerida jami 500 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Ushbu tadbirga Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov, institut rektori Sadoqat Siddiqova, institut mas’ullari, yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Har bir ko‘chatning suvga ehtiyoji, parvarishi alohida o‘rganilib, agrotexnik ishlar olib borildi. Tabiatga befarq bo’lmagan vakillar hozir bo‘lgan ko‘chat o‘tqazish tadbiri xalqimizning nihol o‘tqazib, bog‘ yaratishdek azaliy qadriyatining yaqqol ko‘rinishi bo‘ldi. Zero, nihol o‘stirish, ko‘chat o‘tqazib parvarishlash tabiatni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga qo‘shilgan xayrli va beminnat hissamizdir.