YETUKLIK SARI QADAMLAR

2023 yil 8 iyun kuni "Ipak yo`li" Turizm Xalqaro universiteti huzuridagi Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumida «Turizm» yo'nalishi Turizm 1-21 S "Biznesni tashkil etish va yuritish" fanidan “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda banklarning ahamiyati”  mavzusida Buxoro muhandislik texnologiya instituti "Menejment" kafedrasi katta o'qituvchisi Musayeva Jamila Karomatovna rahbarligida va Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchisi Raxmonova Fazilat Sodiqovna ishtirokida mahorat darsi o'tkazildi. 

Musayeva Jamila Karomatovna, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi etib belgilanganligi, O‘zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyot sharoitida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish maqsadida davlatimizda keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini, ko‘plab yoshlarimiz bu sohada qiziqishlari oshib borayotganligini aytdi. 

Mahorat darsida o'quvchilar orasida o'zining biznesini boshlamoqchi bo'lgan yoshlar banklardan kredit olishdada nimalarga e'tibor berish, qanday talablar qo'yilishi va nechta bosqichni bosib o'tishi kerakligi haqidagi nazariy bilimlarini mustahkamlab, amaliy ko'nikma hosil qilishdi. hozirgi kunda yoshlarimiz turli sohalarda mehnat qilayotgani uning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni ham ortib borayotganini ko‘rsatayotgani, shu boisdan ham agar biz iqtisodiyotimizni, ijtimoiy sohani yanada yuksaltiramiz desak tadbirkorlikni rivojlantirishimiz zarurligini misollar bilan tushuntirdi. Yoshlar banklardan kredit olish va to’lash tartibi borasida o'zlari qiziqqan barcha savollarga javob olishdi.