XORIJIY TILLARNI BILISH - YANGI IMKONIYATLAR KALITI  

 

Muhtaram Prezidentimizning biz yoshlarga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, ona Vatanimizning Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda biz yoshlar asosiy kuch ekanligimizni  yana bir bor e’tirof etib,  Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi docenti S.Dj.Muxamedjanova va ushbu kafedra o’qituvchisi N.R.Alimovalar, ilk bor har bir ingliz tili o’qituvchisining orzusi bo’lgan o’ziga xos boy madaniyati va tarixiga ega bo’lgan Buyuk Britaniyaning Norvich shahriga o’z malakamizni oshirish maqsadida o’qishga bordik. Bu mamlakatda o’qish bizda yoshligimizdan paydo bo’lgan. Orzu-istaklar amalga oshib, institutimiz rahbariyati tomonidan Angliyaning Norvich til ta’limi institutida “Professional Development Course for Teachers from Uzbekistan 2022” dasturi asosida 2022 yil 1 avgustdan  25 avgustgacha o’z o’quv malakamimizni  oshirib qaytdik. 

Asosan o’qish davomida Kembridj va Oksford universitetlarida dars beradigan yuqori saviyadagi olimlardan ilm olish, ularning tajribasini o’rganish baxtiga muyassar bo’ldik. Dunyoda ingliz tilini o’qitish metodikasini o’z asarlari bilan yoritgan taniqli bir qator olimlar bilan tanishdik. Qolaversa, xalqaro “Eaquals” Associaciyasi direktori Tom Kiddl (Thom Kiddle), Angliyaning Norvich til ta’limi instituti direktor o’rinbosari Mayk Riley (Mike Riley), O’zbekistonda til o’qitiladigan oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o’qitish metodikasi bo’yicha juda mashhur mutaxassis va ekspert Rod Bolito (Rod Bolitho), o’zining ingliz tilini o’qitish metodikasi bo’yicha bir qancha asarlar muallifi va Kembridj universitetida faoliyat olib borayotgan taniqli olim Jeremiy Harmer (Jeremy Harmer), Oksford universitetida dars berayotgan taniqli Argentinalik olima Klaudia Ferradas (Claudia Ferradas) va Emma –  Jeyn Robinson (Emma – Jayne Robinson), Djemi Keddi (Jamie Keddie), Kris Rous (Chris Rose), Joanna Sterling (Johanna Stirling), Deyv Alan (Dave Alan), Gerhard Finster (Gerhard Finster), Franc Mittendorfer (Franz Mittendorfer), SHela Rikson (Shelah Rixo) kabi mutaxassislardan saboq oldik. Haqiqatan ham “Til bilgan – el biladi” – degan naql to’g’ri ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildik.

 

Ma’lumki, chet el universitetlarida o’qish juda ham murakkab ekanligini guvohi bo’ldik. CHet el ta’limida har bir dars tanqidiy va kreativ fikrlashga qaratilgan. Ya’ni, yangilik yaratishingiz shart emas. Asosiysi, oddiy holatdan murakkablikni ko’ra olish va yaratuvchanlik qobiliyatingizni ko’rsata olishingiz lozim. Buning uchun mantiqiy  yondashuv asosiy omil bo’lib hisoblanadi.

Angliyada yozgi ta’til davomida, tadqiqotchi va yosh mutaxassislar uchun o’qishlar, yozgi maktablar tashkil qilinadi. Asosan, boshqa mamlakatlardan taklif qilingan olimlar bilan o’zaro tajriba almashish yaxshi natijalarni beradi. Darhaqiqat, ish samaradorligida o’zaro tajriba almashish, takliflarni inobatga olish muhim o’rin tutadi. Zero, fikr-mulohazalar asosida kirishilgan har qanday  o’zaro hamkorlik ancha salmoqli bo’ladi. Kasb doirasida o’rnatilgan hamkorlik esa o’z samarasini berishi muqarrar. Bu orqali yangi g’oyalar, ishlanmalar, innovaciyalar vujudga keladi.

 

SHarqiy Angliyaning markazida joylashgan Norvich shahrida “Norwich Millennium Library” kutubxonasi joylashgan. Kutubxonada o’n millionga yaqin kitob to’plamlari mavjud. Dunyoga mashhur ushbu kutubxona har kuni 24 soat xalqqa xizmat ko’rsatadi va haftaning barcha kunlarida tanaffussiz ishlaydi. Qizig’i shundaki, ushbu kutubxonada barcha yoshdagi insonlarni ko’rishimiz mumkin. “7 yoshdan 70 yoshgacha ilm izla” degan maqol beixtiyor xayolga keladi. Kitob o’qish inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochuvchi kalitdir. Ilm izlash, kitob, gazeta va jurnallarni mutolaa qilish kishining dunyoqarashini kengaytiradi, o’ziga xos lazzat bag’ishlaydi. Fursatdan foydalanib, kutubxonada o’zimizga kerakli bo’lgan qimmatli ma’lumotlarni va manbalarni o’qishga muyassar bo’lik.

 

Angliya haqidagi taassurotlarimizni quyida birin-ketin ifodalamoqchimiz: Bir oylik o’qishimiz davomida Kambridj universitetiga sayohat tashkil etildi. Sayohat bizga juda katta ta’surot qoldirdi. O’zining uzoq o’tmishi, boy tarixiga ega bo’lgan universitetda dunyo tanigan olimlar, davlat arboblari, siyosatchilar, tarjimonlar kabi etakchi mutaxassislar ta’lim olgan. Ushbu universitetning bitiruvchilari Issak Nьyuton (Isaac Newton), CHarlьz Darvin (Charles Darwin), Frensis Bekon (Francis Bacon) , Oliver Kromvelь (Oliver Cromwell), Stiven Fray (Stephen Fry) kabi jahonda tanilgan shaxslar. 

Kambridj universitetiga qisqagina safarimiz davomida uning ta’lim tizimi bilan qiziqdik va o’zimiz uchun yangiliklarni kashf qildik. Kambridj universiteti dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri va u erda 150 ta  davlat vakillari ta’lim oladi.  Universitetda asrlar davomida saqlanib qolgan o’ziga xos qoidalari va an’analari mavjud. 

Kambridj universitetidan tashqari Angliyaning poytaxti bo’lmish Londonga ham tashrif buyurdik. Jahonda mashhur Big Ben (Big Ben) yoki Vestminster saroyining soat minorasini, London ko’zi (London eye)ga, Tauer ko’prigi (Tower Bridge)ga, Bukingem saroyi (Buckingham Palace)ga, betakror milliy galereya (National gallery)ga va Britaniya muzeyi (British museum)ga bordik. Muzeyda dunyoning barcha mamlakatlaridan keltirilgan tarixiy buyumlarni, o’sha davlatning qaysidir ma’noda madaniyatini, tarixini ko’rishingiz mumkin. Ayniqsa, “Er yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror, ulug’ ajdodlarimiz yashab o’tgan va O’zbekiston diyorini butun dunyoga tanitgan Samarqand zamining tarixi aks etgan burchakni ko’rib, faxr tuyg’usi jo’shib ketdi. 

Xorijiy tilni bilish, ayniqsa ingliz tilida so’zlasha olish yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. O’qishimiz davomida O’zbekistonning turli shahar oliy ta’lim muassasalaridan kelgan professor-o’qituvchilar bilan yaqindan do’stlashdik. Qolaversa, dunyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan o’qituvchilar bilan ham fikr, tajriba almashdik. O’zbekistonmiz madaniyati, urf-odatlari haqida guruhimiz bilan birga chet elliklarga taqdimot qildik.

 Ingliz tili Angliyadan tashqi dunyoda biznes va turizm tili sifatida chegaralangan holda o’rgatilishiga qaramasdan, unga qiziqish shunchalik kuchli-ki, juda ko’p davlatlarda ingliz tilida so’zlasha oladigan insonlar hurmat qilinadi va yuqori lavozimlarga tayinlanadi. Nega aynan ingliz tili? CHunki juda ko’p sohalarda kerakli adabiyotlar ingliz tilida yaratilgan, dunyoning turli davlatlarida sayohat davrida kommunikaciya tili sifatida qabul qilingan, texnik vositalarning aksariyat yo’riqnomalari ingliz tilida yozilgan. 

Avvalambor, stajirovkaga borishdan maqsad, nofilologik ta’lim yo’nalishida o’qiydigan bo’lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy faoliyatiga yo’naltiridgan ingliz tilini o’qitish metodikasini yanada takomillashtirish. O’zbekiston ta’lim tizimiga tor doirada emas, balki kelajak avlod uchun barcha sohalarda qo’llay oladigan darajada o’rgatish tizimini ishlab chiqishdan iboratdir.

 

 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi docenti Sitorabegim Muxamedjanova 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchisi Nozima Alimova