Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Rossiya Federatsiyasining neft va gaz sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri bo'lgan Inkomneft kompaniyasining vakillari Sherali Akajanov va kompaniyaning O'zbekiston Respublikasidagi maxsus vakili Qo’zivoy Sharipov mehmon bo’ldi.

   Mehmonlar institut rektori Sadoqat Siddiqova bilan uchrashuv o'tkazib, kompaniya uchun mutaxassis kadrlar tayyorlab berish, kelajakda o'quv amaliyotlarini tashkil etish, mehnat bozorining yuqori malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, kasbga o'qitishni ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyalashtirish va hamkorlikda amalga oshiriladigan boshqa ishlar bo'yicha kelishib olindi.