Oʻzbekiston-Turkiya II taʼlim forumida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Turkiyaning 9 ta oliy ta’lim muassasasi o’rtasida qo‘shma fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bo’yicha hamkorlik bitmi imzolandi.

 Buxoro muhandislik- texnologiya instituti va Artvin Chorux Universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik yo’nalishlari:

Qo‘shma tadqiqotlar olib borish, o‘quv va ilmiy tadqiqotlar uchun ilmiy xodimlar almashinuvini yanada kengaytirish;
O‘zbek-Turk hamkorligida ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
Hamkorlikda qo‘shma kafedra ochish;
Talabalar mobilligini amalga oshirish;
Universitet professorlarini onlayn va anan'aviy shaklda ma'ruza o‘qishlarini tashkillashtirish.