Hukumatlar doirasidagi kelishuvga muvofiq 24-26 noyabr kunlari Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev boshchiligidagi hukumat va ishbilarmonlar delegatsiyasi Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.

  Bugun delegatsiya a’zolari Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo‘lib, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik integratsiyasini mustahkamlash va  malakali kadrlarni tayyorlash borasida institutning “KiberNeftGaz” ilg‘or muhandislik maktabi, “Mashinasoz” texnoparki, Registrator ofisi bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

Shuningdek institut rektori Sadoqat Siddiqova bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda hamkorlikdagi dasturlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.