Ummon Sultonligi delegatsiyasi vakillari, Al-Khonji Group LLC, Boshqaruv kengashi raisi Mr. Khalil Abdullah Al-Khonji, Boshqaruv kengashi a’zosi, direktori Mr. Ahmad al-Khonji, Arabian Industries SAOC, Ijrochi direktori Mr. Amur al-Suleimani, General electric & trading Co LLC (Genetco) Boshqaruv kengashi raisi Mr. Murtadha Hassan Ali Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi.

  Mehmonlar tashrif doirasida institut rektori Sadoqat Siddiqova rahbarligida oliygohdagi shart-sharoitlar bilan tanishib chiqishdi. Xususan “Kiberneftgaz” oliy muhandislik maktabi, “Mashinasoz” texnoparki,  Xitoy-O'zbekiston moyli xomashyolarni qayta ishlash va qo‘shimcha mahsulotlardan kompleks foydalanish  ilmiy tadqiqot markazi va bir qator laboratoriya xonalarida bo'lib, unda o'qituvchi va talabalar uchun qanday imkoniyatlar mavjudligiga qiziqishdi.

Tashrifning ikkinchi qismida mehmonlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha muhokama olib borildi.

  Muskat universiteti va Buxoro muhandislik-texnologiyasi instituti o‘rtasida Memorandum imzolandi.

  Muzokaralar davomida biznes va menejment, muhandislik, ishlab chiqarish, sanoat korxonalari, geologiya, konchilik, neft-gaz, elektr-mexanikasi va elektr-texnologiyalari, yashil energetika, arxitektura, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiya sohalari bo‘yicha mehnat bozorida raqobatbardosh oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash holati tahlil qilindi.

P.S: Muskat universiteti g‘oyasi talabalarni sanoatga yo‘naltirilgan, tadqiqotga asoslangan o‘qitish va o‘qitish orqali o‘zgartirishga qaratilgan. Innovatsion, tadbirkorlik yondashuvlarni targ‘ib qiluvchi stipendiyalarni taqdim etadi. Sifatni kafolatlovchi fond dasturi faoliyat yuritadi (biznes va menejment, muhandislik va texnologiya, transport va logistika, sifatni kafolatlovchi FOUNDATION dasturi).