2022 yilning 7 iyun kuni soat 18-00 da institutning 1-son "Talabalar turar joyi"da istiqomat qiluvchi talabalar bilan "Iqtisodiyot" kafedrasi professor-o'qituvchilari va "TJBT" fakulьtetining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini ishtirokida "Tiriklik - oliy ne'mat" mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. 
Davra suhbatini dekan muovini J.Shodiyev kirish so'zi bilan ochib berib, so'ng so'zni "Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri A.Ch.Boboyevga berdi. A.Ch.Boboyev "Shukronalik - inson ziynati" mavzusida talabalarga o'z fikrini bildirib, qo'shimcha ravishda bugungi kunda dunyo oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin oshishining oldini olish maqsadida respublikamizda ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga bojxona to'lovlarini nolga tushirish imkoniyati ko'rib chiqilayotganini, BMT ma'lumotlariga ko'ra, 2019 yilda dunyo bo'yicha ishlab chiqarilgan jami oziq-ovqat mahsulotlarining 1,64 milliard tonnasi (jami oziq-ovqat mahsulotlarining 31 foizi) chiqindiga aylanganligi, bu o'rinda yo'qotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining faqatgina 25 foizi butun dunyodagi ochlik muammosini to'liq hal qilishi mumkinligini tushuntirish bilan birgalikda, O'zbekistonda ham har yili 3 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari chiqindiga aylanayotganini, jumladan, birgina Toshkent shahrida har kuni 2 tonnaga, yiliga 730 tonnaga yaqin non mahsuloti chiqindiga tashlanayotganini bildirib, talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligining oldini olishda yetakchilik qilishiga chaqirdi. 
Shundan so'ng so'zga kafedra dotsenti G.D.Xasanova, katta o'qituvchilar N.N.Rasulova, Z.Q.Jumayeva, Sh.A.Raxmatov, B.T.Muxsinov, F.Z.Toshev, stajyor-o'qituvchilar O.Akramova, X.Raxmonovlar chiqishib, mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 
Mavzuga doir Turkiya Prezidenti R.Erdo'g'anning Vatanni sevish, ardoqlash, shukronalik, birdamlik, ahillik kabi xislatlarga yo'naltirilgan videoroligi namoyish etildi. 
Shuningdek, mavzuga doir "Shukronalik" monolog videoroligi, "Shukronalik"ni o'zida aks ettirgan slaydlar namoyish etildi. 
Shundan so'ng mavzu yuzasidan talabalar bilan savol-javoblar tashkillashtirildi. 
Davra suhbati yakunida O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov hamda Orolmirzo ijrolarida kuylangan "Shukur deyman" qo'shig'i havola etildi. 
Tashkillashtirilgan davra suhbati ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilib, barcha talabalar mamnun bo'lishib, minnatdorchilik bildirishdi.