Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Muqimiy nomidagi O'zbek  davlat musiqiy drama va komediya teatri  jamoasi tashrif buyurdi.

  Institutdagi talabalar hamda xodimlarning ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida san’atkorlar 

«Qaytar dunyo» spektaklini namoyish etishdi.

  Spektaklda oldingi surilgan g‘oya shundan iboratki, asl xazina boylikda emas, ota-onaga hurmat va ahillikda ekanligi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, bugungi kundagi bir qator salbiy illatlarning oqibatlari ochib berilgan. 
Yorqin lahzalar, diqqatni tortuvchi sahnalardan iborat musiqiy asar yig‘ilganlarni o‘ziga maftun etdi. 
   
   Teatrni tomosha qilgan xodimlar va talabalar bugungi xizmatlari uchun teatr jamoasiga  minnatdorchilik bildirdi.