Malayziya Perlis universiteti delegatsiyasi Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif mobaynida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
Malayziya Perlis universiteti va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Sunʼiy intellekt”, «Energetika», “Qurilish va arxitektura”, “Biotibbiyot muhandisligi”, “Kompyuter muhandisligi” mutaxassisliklari boyicha Magistratura bosqichida qo‘shma taʼlim dasturini yo‘lga qo‘yish;
“Yashil qurilish materiallari”, “Toza havo va suv sifati menejmenti”, “Qayta muhandislik (reversive engineering)”, “Polimer materiallar”, “Texnika yoʼnalishidagi nanotexnologiyalar”, “Sunʼiy intellekt” yo‘nalishlarda hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Magistratura va undan keyingi (PhD) bosqichdagi izlanuvchilarga ikkala institutdan rahbar tayinlash;
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida hamkorlikda ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etish;
Аkademik mobillik va professor-o‘qituvchilarning stajirovkalarini tashkil qilish.