Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talaba-yoshlari o‘rtasida 9-dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi", "Korrupsiya ta'lim va taraqqiyot kushandasi" mavzularida tanlov bo‘lib o‘tadi.
Tanlov yo‘nalishlari quyidagicha:
"Eng yaxshi rasm" (A1, A2 formatdagi qog‘ozda),
"Eng yaxshi insho" (12 varoqli oddiy daftarda),
"Eng yaxshi videorolik" (3 daqiqadan oshmasligi hamda talaba o‘zi ishtirok etishi kerak),
"Eng yaxshi maqola" (Times New Roman, 14 shriftda, wordda).
Har bir yo‘nalish bo'yicha faxrli o‘rinlarni egallagan talabalar diplom hamda quyichagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: 500.000 (besh yuz ming so'm),
2-o‘rin: 400.000 (to'rt yuz ming so'm),
3-o‘rin: 300.000 (uch yuz ming so'm).
Ijod namunalarni 1-dekabrga qadar Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limiga topshirish lozim.