TANISHUV AMALIYOTI

2023 yil 5 iyun kuni TJBT fakulteti “ Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari Ziyavitdinova N.M., Po’lotov Sh.Sh., Xayitova I.N. 1-bosqichda tahsil olayotgan 715-22 MNT, 716-22 MNT va 710-22 MAR guruhi talabalarining tanishuv amaliyoti boshlanishi munosabati bilan talabalarni “Big Large” MCHJ, “Buxorodonmahsulotlari” AJ korxonalariga tashrif buyurib, korxonalar haqida umumiy ma’lumotlar, uning tuzilishi, strukturasi,  texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishib, malakaviy amaliyotni boshladilar. Talabalarimizga o'z mutaxassisliklarini o'zlashtirishda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishlarida omad tilaymiz!