Qadrli Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalari!

   Barchangizni 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan chin dildan tabriklayman.
   Talabalik katta hayot sari qadam qo‘yish ostonasi, ulkan orzu-umidlar davri ekanligini his qilgan holda yangi maqsadlar sari harakat qilishingizga tilakdoshman.
   Bugungi kunda islohotlar va imkoniyatlar davrida bor azmu shijoatingiz, o'z ilmu iqtidoringiz bilan davlatimiz, jamiyatimiz rivojiga, yurtimiz dovrug'i dunyo hamjamiyatida hamisha yangrab turishiga munosib hissa qo'shishingizga tilakdoshman!
   Barchangizni talabalar kuni bilan yana bir bor qutlab, sihat-salomatlik, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman.

Hurmat ila,
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova