Oliygohimiz talabalari uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari”, “Yoshlar akademiyasi” va “Bo‘lajak olim” respublika tanlovlarida ishtirok etish bo‘yicha seminar trening o‘tkazildi.
Seminar treningda Bahriniso To‘raqulova, Sohib Sadirov va “Yoshlar akademiyasi” faollari tomonidan talabalarni ixtirochilik qobiliyatlarini shakllantirish va ilmiy-innovatsion loyihalarni tayyorlab, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ilmiy-innovatsion tanlovlarda ishtirok etishlari uchun imkoniyatlar tushuntirib o‘tildi.