Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

 2025-yilda oliy ta’lim tashkilotlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish maqsadida Respublika ishchi guruhi  institutda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

  Ishchi guruh vakillari institutda ta’lim jarayonini rivojlantirishga qaratilgan bir qator ustuvor yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, o‘quv jarayonini  raqamlashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining natijadorligini oshirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar ko‘rib chiqildi.