“RAQAMLI IQTISODIYOT, ELEKTRON HUKUMAT VA SUN’IY INTELLEKT UCHUN DASTURIY VOSITALAR, AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASHNING ZAMONAVIY USULLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

 

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-maydagi “2023 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xаlqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 118-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2023-yil 16-iyun kuni Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat va sun’iy intellekt uchun dasturiy vositalar, axborotlarni qayta ishlashning zamonaviy usullari” mavzusidagi respublika  ilmiy–amaliy anjumani oʻtkazildi. 

 

Anjumanda quyidagi shoʻbalar boʻyicha ilmiy tezislar qabul qilindi:

1-sho‘ba. Raqamli va yashil (energotejamkor) iqtisodiyot texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari.

2-sho‘ba. Kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va bulutli texnologiyalar.

3-sho‘ba. Muhandislik va texnologik ma’lumotlarni qayta ishlashning noan’anaviy usullari.

4-sho‘ba. Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning sifat va samaradorligi.

 

Anjuman joriy yilning 16-iyun soat 10.00 da offlayn va onlayn (ZOOM dasturi yordamida) oʻtkazildi. 

 

 

 

Anjumanda respublikamizning nufuzli oliy ta`lim muassasalaridan professor-o`qituvchilar o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

 

Anjumanda ekspertizadan muvaffaqiyatli o`tgan 150 dan ortiq tezislardan iborat to`plam chop ettirildi. Sertifikat va to`plamning elektron variantini https://t.me/+BPJTjZxm1AczMmY6 dan yuklab olish mumkin.

 

“Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi jamoasi.