“Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik tanlovi doirasida “Rektor kubogi” bahslari bo’lib o’tdi. Unda barchamizga tanish Nusrat Hikmatullayev, Xoliqjon Samadov, Mirjon Rashidov, Hamida Jo’rayeva mehmon sifatida tashrif buyurdi.

  Mazkur bahslarda institutning 4 fakultet jamoasi Energetika fakultetining “Ibrat”,  Arxitektura va qurilish fakultetining “Arxitekturaviy industrializatsiya”, Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari fakultetining “Kreativ” jamoasi hamda To’qimachilik va charm sanoat fakultetining “Mehmonlar” jamoasi ishtirok etdi.

  O’zaro qizg’in bo’lib o’tgan bellashuvda 1-o’rin “Ibrat “ jamoasiga, 2-o’rin “Kreativ”, 3-o’rin esa “Mehmonlar” jamoasiga nasib etdi hamda g’oliblar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

  Ushbu 4 ta jamoa faol yoshlaridan institut terma jamoasi tuzildi. Endilikda ular joriy yil 23- sentyabr kuni Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan Oliy liga va Premyer liga saralash bahslariga ishtirok etishadi.

Jamoamizga omad tilaymiz!