Buxoro muhandislik-texnologiya institutida jahonning yetakchi oliygohlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida qabul amalga oshirib kelinmoqda.
Bugungi kunda ushbu dastur asosida institutimiz dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlari bilan memorandum kelishuvlar imzolashga erishgan. Jumladan, Malayziya davlatining Linkoln kollej universiteti, Belorussiyaning oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalari universiteti, Rossiya Federatsiyasining “Stankin” Moskva davlat texnologiya universiteti, Qozon federal universiteti, Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti, Belorus Respublikasi “Y.Polotskaya” nomidagi Polotsk davlat universiteti bilan 2+2, 3+2, 1+1 dasturlari asosida 200 yaqin talaba kunduzgi hamda sirtqi ta’lim shaklida bakalavriat va magistratura ta’lim sohasida tahsil olib kelmoqda.
Belorussiya oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya universiteti bilan tashkil etilgan 3+2 dastur asosidagi 2-23 Iqtisodiyot guruhida jami 15 nafar talaba tahsil olmoqda.