Avval xabar berganimizdek, 2023 yilning 13-19 iyun sanalarida Qozog‘iston Respublikasi Abilkas Saginov nomidagi Qaraganda texnika universitetining taklifnomasiga asosan Buxoro muhandislik – texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari Isabaev Ismoil Babadjanovich, Qurbonov Murod Tashpulatovich, Oltiev Azim To‘yqulovich, Ibragimov Ulug‘bek Muradilloevich, Qobilov Hasan Xalilovichlar Qaraganda shahrida xizmat safarida bo‘lib turishibdi. Xizmat safarining 16-iyun kuniga belgilangan “XV-Saginov o‘qishlari: Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi nomli” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining ochilish marosimida ishtirok etib, institutimiz rektori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi professor Mirzo Zokirovich Sharipovning ushbu universitetning 70 yilligini nishonlayotgan kuni bilan yo‘llagan tabriknomasi universiteti rektori professor Marat Kenesovich Ibatovga o‘qib eshittirildi va yubiley bilan muborakbod qilindi.