Prezident va nomdor stipendiyalar sovrindorlari e'lon qilindi

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari e’lon qilindi. Unga ko'ra Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 8 nafar talabasi nomli davlat stipendiyalari sohibi bo'ldi.

 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi stipendiantlarni chin qalbdan tabriklab, ularning kelajakdagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi!!!