Pekinda bo‘lib o‘tgan forumda O‘zbekiston va Xitoy universitetlari hamkorligi to‘g‘risidagi Pekin deklaratsiyasi imzolandi.

Deklaratsiya e’lon qilinganidan so‘ng, ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va memorandumlarni imzoladilar. 

O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi ishtirokchilari Xitoy xorijiy tillar almashinuvi va hamkorlik markaziga tashrif buyurdilar.

Markaz faoliyati to‘g‘risidagi  taqdimotdan so‘ng xitoy tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan ikki OTM — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda O‘zbekiston jahon tillari universiteti rektorlari sohada amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari markaz huzurida tashkil etilgan badiiy-texnologik ko‘rgazma bilan tanishdilar. 

  Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi Xitoyning Tyanszin shahrida davom etdi. Tyankay oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar texnoparkining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Xitoy Tyanszin oliy ta’lim sohasida hamkorlik forumida yurtimizning qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda Tyanszin shahrida faoliyat yuritayotgan universitetlar rektorlari va prorektorlari ishtirok etmoqda.