OXIRGI QO’NG’IROQ

Oxirgi qo'ng'iroq - o'n bir yillik o'qishni tugatgan maktab o'quvchilari uchun an'anaga aylangan bayramdir. An'anaga ko'ra, shu kuni barcha maktablarda bayramona tadbirlar mavjud bo'lib, ularda oxirgi qo'ng'iroq jiringlaydi, bu bitiruvchilar uchun barcha darslarning tugashini anglatadi. Bitiruvchilarni ushbu bayram bilan tabriklash va maktabdagi targ’ibot tashviqot ishlarini davom ettirish maqsadida TJBT fakulteti “Menejment” kafedra o’qituvchilari maktablarga tashrif buyurishdi. Xususan, “Menejment kafedra mudiri Zayavitdinova N.M., kafedra professor o’qituvchilari Yuldasheva S.N., Usmanova N.Yu., Primova A.A., Musayeva J.K., Alimova D.D., Xayitova I.N.,  Po’lotov Sh.Sh., Alimova R.X. lar Buxoro shahridagi4, 5, 6, 23, 30, 39-maktablargaborib, bitiruvchi yoshlarga o'zlarining ezgu maqsadlariga erishishlarini, yangi do'stlar, sodiq hamkasblar orttirishlarini va kelajakda yetuk kasb egasibo’lishlarini shu bilan birgalikda, maktab yillarini hech qachon unutmasdan o'qituvchilari ularga bergan tajriba va bilimlaridan oqilona foydalanishni tilab qolishdi.