Olmaliq Muhandislik maktabiga tanishuv tashrifi
Bosh sahifa Olmaliq Muhandislik maktabiga tanishuv tashrifi
Olmaliq Muhandislik maktabiga tanishuv tashrifi
O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab muhandislik sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari rektorlari va ularning sanoat hamkorlari uchun 18, 19, 21 va 22-oktyabr kunlari Olmaliq Muhandislik maktabiga tashrif buyurmoqdalar. Ushbu tashrif davlat rahbarining muhandislik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha topshirig‘iga asosan amalga oshirilmoqda va sanoat bilan ta’lim o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Unda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova ishtirok etdi. Ushbu tashrif davomida muhandislik maktabini tashkil etish bo’yicha bir qator takliflar berildi. Olmaliq muhandislik maktabi "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati hamkorligida tashkil etilgan bo’lib, Germaniya tajribasi asosida yiliga 480 nafar muhandis tayyorlanadi hamda ming nafar xodimning malakasi oshiriladi.