Oliygohmizda “Yevrosiyo integratsiya: Yuqori texnologiyalarni targ'ib etish biznes ta'limi orqali” mavzusidagi ekspert va investitsiya sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan mehmonlar, Janubiy Universitet (IUBiP) rektori Imran Gurru o‘g‘li Akperov, Janubiy universitet (IUBiP) Yevroosiyo integratsiyasi bo‘yicha prorektori, Biznes Yevroosiyo Alyansi Bosh kotibi Dmitriy Shkayev, O‘zbekistonning Bursadagi faxriy konsuli, Baktat korporatsiyasi boshqaruvi raisi Ali Baklan, Business Eurasia Alliance ijrochi direktori  Teymur Akperov  dastlab institutda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdilar.

Sessiya davomida “Baktat” korporatsiyasi, Janubiy Universitet “Delovaya Yevroaziya” yoshlar forumi jamiyati hamda oliygohimiz o‘rtasida to‘rt tomonlama MEMORANDUM imzolandi.

Shuningdek, institutda Phygital (figitel) innovatsion rivojlanish maktabi tashkil etiladi.