13 may 2023 yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-son qarori asosida tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi” NIZOMga muvofiq institutda 02.00.16 – Kimyo texnologiyalari va oziq-ovqat sanoati jarayonlari va apparatlari ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oluvchi talabgorlarga mutaxassislik fanlari bo‘yicha malakaviy imtihon OAK talablari darajasida o‘tkazildi.  
Malakaviy imtihon, fanlardan ishlab chiqilgan dastur asosida hamda tegishli ixtisoslik muxaxassislik olimlaridan shakllantirilgan komissiya a’zolari tarkibi tuzilib holda muvaffaqiyatli o'tkazildi.