Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi   PQ-5148-son qarori,  2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 22-apreldan 22-may oyiga qadar 2-bosqichda tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari oʻtkaziladi.

  Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talaba-yoshlari ham “Jismoniy tayyorgarlik sinovlari” ni koʻtarinki ruhda topshirmoqdalar.

  Talabalar yugurib kelib uzunlikka sakrash, basketbol toʻpini 3 metr masofadan tashlash, yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, gimnastika oʻrindigʻiga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, 100 metrga yugurish, argʻamchida sakrash, gimnastika oʻrindigʻidan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish bahslarida bellashdilar.  

  Eslatib oʻtamiz, mazkur sport sinovlari belgilangan reja-grafikka asosan fakultetlarda davom etadi.