E’LON

“Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risida”gi Nizomi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishjarayonlarini tashkil etish to’g’risida”gi 2022 –yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qarorning 7-bandiga muvofiq talabalar o’qishini (davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga talabalar o’qishini ko’chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi: talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o’rtog’i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o’qishini ko’chirish uchun murojaat qilganda; davlat organlarining xodimlari ish joyi o’zgargan taqdirda uning turmush o’rtog’i yoki voyaga etmagan farzandi o’qishini ko’chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida;) respublika oliy ta’lim muassasalariga ko’chirish haqidagi arizalarni qabul qilish Buxoro muhandislik-texnologiya institutida tashkil etilgan hududiy Ishchi guruh tomonidan arizalar qabul qilinadi. Talabalarni o’qishini ko’chirish bo’yicha arizalari institutning 3-binosi  1-qavatida, 2022 yil 20 dekabrdan 2023 yil 20 yanvargacha qadar  hujjatlarni qabul qilish amalga oshiriladi.

Murojat uchun telefon

(65) 223-97-50

Ish vaqti 9:00-17:00 gacha

Shanba:    9:00-15:00 gacha

Tushlik: 13:00-14:00 gacha

Yakshanba dam olish kuni