Oʼzbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiy sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PQ-3151-sonli Qarorida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amaliyot oʼtash joyida talabaga masʼul xodimni biriktirish holati, bunda biriktirilgan xodim amaliyotchi bilan ishlash koʼnikmasiga ega boʼlishini taʼminlash, tashkilotlarda amaliyotchidan unumli foydalanishni yoʼlga qoʼyish unda oliy ta’lim muassasalari talabalarining Tanishuv amaliyotini o‘tkazish shakllari, tartibi va uslublari belgilangan.

 Bakalavriat  yo‘nalishlari ixtisosliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan talabalar amaliyoti - ilg‘or korxona, muassasalar va tashkilotlarda o‘tkaziladi.Talabalar amaliyoti bakalavriat yo‘nalishlari ixtisosliklari fanlarining nazariy qismini mustakamlash uchun zarur bo‘lgan, o‘qish jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida o‘tkaziladigan davomidir shu maqsadda “Menejment” kafedrasining 713,714-21 MNT,712-21 IQT guruhi  talabalarini tanishuv amliyotiga talabalarni yo’naltirib korxona va idoralar bilan talabalarni yaqindan tanishtirib,talabalarni biriktirilgan tashkilotlarga joylashtirishdi.

“Big large” MChJ Buxoro shahar

“Kapital bank” ATB Buxoro filiali Buxoro shahri

“Buxoro viloyat bo’sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish” boshqarmasi,