Bugun 17 may kuni Bugun Buxoro muhandislik texnologiya institutida katta majlislar zalida navbatdagi fakultet kesimida professor-o'qituvchilar va talaba yoshlarga bag‘ishlab “Ochiq eshiklar” kuni  “Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. 

       “Ochiq eshiklar” kunida Buxoro viloyat korrupsiyaga qarshi milliy kengashi eksperti institut “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti F.Bafoev, hamda Oliygoh korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i Keldiyor Abdullayev, Buxoro viloyat IIB xodimi U.Bo‘riev, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i SH.Ochilovlar  ishtirok etishdi. 

       O‘tkazilgan tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish “KN” tizimini boshqarish bo‘limining xizmat faoliyati, xususan, bo‘limning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish” qonuni to‘g‘risidagi  keng tushunchalar berib o‘tildi. 

        Tadbir davomida yig‘ilish ishtirokchilariga yana bir karra mamlakatimiz kelajagiga bolta uruvchi korrupsiya  illatga qarshi barcha birgalikda birlashib kurashishi kerakligini ta'kidlad o‘tishdi.