O‘zbekiston texnik jixatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Abdurauf Abduqayumov Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo‘ldi.

   Mehmon “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasida fan, ta'lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik integratsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, raqobatbardosh, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdi. Unga “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM Buxoro filiali rahbari Ulug’bek Bozorov, O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat markazi davlat muassasasi Buxoro filiali rahbari Feruz Soliyev hamrohlik qildi.

  Abdurauf Abduqayumov institut rektori Sadoqat Siddiqova bilan bo’lib o’tgan suhbatda oliygohda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga katta e’tibor berilayotganligini ta’kidlab, bu kabi ishlarda omad tiladi.