O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 80 yoshda!
Bosh sahifa O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 80 yoshda!
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 80 yoshda!
Ayni damda poytaxtimizning xalqaro Anjumanlar saroyida mamlakatning ilmiy salohiyatini yangi bosqichga chiqarish maqsadida barcha sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borgan olim-u ziyolilarni bir maqsad yo’lida birlashtirgan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosim oʻtkazilmoqda.
Unda Respublikamizning barcha ilm vakillari qatorida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova ishtirok etmoqda. Anjuman boshlanishidan avval, Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari О‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldashev bilan uchrashib, uning sohada erishgan yutuqlarini e’tirof etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqotlarni samarali boshqarish va muvofiqlashtirish hamda davlatning intellektual, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirishga xizmat qilib kelmoqda.