O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Buxoro viloyat birlashmasi hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

   Memorandumning maqsadi O‘zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar vа siyosiy sohalarda olib borilayotgan tizimli, uzluksiz hamda bosqichma-bosqich demokratik islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan holda, mamlakatni yanada demokratlashtirish va yangilash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, shuningdek, ta’lim olayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zaro hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashdan iborat.