MALAKAVIY AMALIYOT

2023 yil 29 may kuni TJBT fakulteti “ Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari Po’lotov Sh.Sh., Xayitova I.N., Xodjiyeva S.Sh.lar 2022-2023 o’quv yilida 3-bosqichda tahsil olayotgan 713-20 MNT, 716-20 MNT va 712-20 MAR guruhi talabalarining malakaviy amaliyoti boshlanishi munosabati bilan talabalarni  “Kapital bank” ATB Buxoro filiali, “Big Large” MCHJ, “Buxorodonmahsulotlari” AJ korxonalariga tashrif buyurib, korxonalar haqida umumiy ma’lumotlar, uning tuzilishi, strukturasi,  texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishib, malakaviy amaliyotni boshladilar. Talabalarimizga o'z mutaxassisliklarini o'zlashtirishda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishlarida omad tilaymiz!