2022 yilning 11-may kuni “Texnologik jarayonlarini boshqaruv tizimlari” fakul’teti “TJBAKT” kafedrasi dotsenti O.K. Salieva, dotsent v.b. Ҳ.X. Qobilov, katta o`qituvchi M.I. Abduraxmanova, assistentlar N.R. Sharipova va M.R. Adizovalar maktab bitiruvchi o`quvchilari orasida “Kasbga yo`naltirish” bo`yicha Buxoro tumani 21-umumiy o`rta ta`lim maktabida davra suhbati o`tkazishdi.

Tadbirda 21-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9, 11-sinf bitiruvchi o’quvchilari hamda maktab direktori o’rinbosari N.Ro’ziyeva va maktab o’qituvchilari ishtirok etishdi. 

Kafedra assistenti M.Adizova oliygohdagi fakultetlar, yo’nalishlar va mutaxassisliklar to’g’risidagi prezentatsiyani videoproektor orqali namoyish qildi, dots. O.K. Saliyeva, dots.v.b. Qobilovlar taqdimot slaydlarini izohlab, batafsil ma’lumotlar berishdi. 

Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.