Buxoro muhandislik-tеxnologiya instituti Magistratura bo‘lim boshlig‘i Nizomov Asliddin Badriddinovich 60 yoshni qarshi oldi. Ustozga bag‘ishlab qutlov tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda institut jamoasi hamda shogirdlar Asliddin Nizomovni 60 yillik yubileyi bilan samimiy tabrikladi.

Buxoro muhandislik-tеxnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:

-Dunyoda shunday insonlar borki, butun umri, g‘ayratu shijoatini Vatani ravnaqiga munosib hissa qo‘shish, atrofidagi insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni o‘z umr daftarining zarvaraqlariga muhrlashni hayotining asosiy mazmuni deb biladi. Butun hayotidan minnatdorlik ila dildan shukrona aylab, atrofdagilarga naf keltirib yashayotgan inson, bir so‘z bilan aytganda, ustoz va kasbdosh Asliddin Nizomov ham butun umri va mehnat faoliyatini yetuk kadrlar tayyorlashga baxshida qilgan jonkuyar shaxsdir. Ustozni 60 yoshlari bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

 Asliddin Nizomovni 60 yosh bilan muborakbod etib, kelajakdagi ishlarida omad tilaymiz!