M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti  magistrantlari  Ilyas Dosanov, Nurmuhambet Bekenov, Nariman Mag‘auiya, Yernar Djakashev, Nazira Kidirova, Akjol Sauranbaev Elektroenergetika ta'lim dasturi bo‘yicha Buxoro muhandislik-texnologiya institutining “Energoaudit” kafedrasida oflayn-onlayn tarzda ilmiy stajirovka o‘tashdi.

  Stajirovka davomida Energoaudit kafedrasining professorlar-o‘qituvchilari Energetika sohasining dolzarb muammolari bo‘yicha ma'ruzalar o‘qishdi.

 Magistrantlar  o‘zining dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy-o‘quv laboratoriyalar, sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot markazlarida va Savdo-sanoat Palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida tadqiqot ishlarini olib bordilar.