Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

“Paxta va yengil sanoat texnologiyalari” fakulteti

“Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi

“Liboslarda zamonaviylik va milliylik uyg‘unligi” yosh dizayner modelerlar ko‘rik tanlov

 

BAYONNOMASI

     Buxoro sh.                                                                            19.05.2023 yil

         

Qatnashdilar: Institut hamda fakultet jamoasi, kafedraning barcha professor- o‘qituvchilari va talabalari.

 

Kun tartibi:

 

                   “Liboslarda zamonaviylik va milliylik uyg‘unligi” yosh dizayner modelerlar tanlovini o‘tkazish.

 

               Joriy yilning 19 may kuni Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 1- binosida “Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi professor- o‘qituvchilari  hamda shu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar tomonidan katta tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Liboslarda zamonaviylik va milliylik uyg‘unligi” yosh dizayner modelerlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovni ochib berish uchun so‘zni institut rektori, prof. Mirzo Zokirovich SHaripovga berildi. M. SHaripov tadbir qatnashchilarini tabriklab, kafedrada olib borilgan ishlar haqida hamda o‘zbekona kiyinish madaniyati, uning targ‘iboti, kiyim tanlash, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan g‘arb va boshqa kiyinish madaniyatiga taqlidning oldini olish hamda yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil qilingan ushbu tadbirning institut hayotida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan tadbirga aylanib qolishiga umid bildirdi. 

              Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'lim boshlig'i  f.f.d. prof. Jo‘raeva Malohat Muhammadovna so‘zga chiqib, barcha tadbir qatnashchilarini tabrikladi va tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyat bildirdi. 

    Shundan so‘ng navbat tasviriy sanat ko‘rik tanloviga start berildi. “Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi mudiri Saidova Xulkar Xamidovna ishtirokchilarni tanlov sharti bilan tanishtirdi va omad tiladi. 

  Tadbir kafedraning  iqtidorli dizayner talabalari tomonidan yaratilgan liboslar kolleksiyalarining namoyishi bilan davom ettirildi. Kolleksiyalar namoyishi 306-22 Dizayn gurux talabasi Polvonova Kumushning “Kumushtariy“ liboslar kolleksiyasi ko‘rgazmasi bilan boshlandi.  1- iyun “Bolalarni himoya qilish kuni” yaqinlashib kelishi munosabati bilan ikkinchi kolleksiya shirintoy bolajonlarga bag‘ishlandi.

 Keyingi navbat talabalar tomonidan yaratilagan liboslar kolleksiyalariga havola  etildi.  306-22 Dizayn guruh talabalari Karimova Muxayyoning “Muxayyobegim“ liboslar kolleksiyasi,   Ergasheva Zarinaning “Moxizarin“ liboslar kolleksiyasi, Sharopova Jasminaning “Jasmin“ liboslar kolleksiyasi, Eshanqulova Malikaning “Malikabonu“ liboslar kolleksiyasi,  Narzullaeva Saida, Ismatulloeva Gulhayo, Haydarova Maftunabonuning “SaidaiGuliMaftun“ liboslar kolleksiyasi, Nematova Latifaxonning “Latifaxon“ liboslar kolleksiyalari tadbir qatnashchilariga havola etildi. 

  “Paxta va engil sanoat texnologiyalari” fakulteti dekani Inomjon Muxtorovich so‘zga chiqib, kolleksiyalarini namoyish etgan talabalarni tabrikladi, rag‘batlantiruvchi sovg‘alar ulashdi. 

 Barchamiz bilamizki, libos – kishining tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi, tafakkuri hamda ichki xislatlarini o‘zida namoyon eta olish xususiyatiga egadir. Har bir kishi o‘zi kiygan libosi orqali boshqalar tasavvurida kim va qanday odam ekanligini ko‘rsatib beradi. Bugungi kunda yurtimizda kiyinish madaniyatiga bo‘lgan e’tibor talab darajasi sifatida ko‘rilmoqda. Tadbirda namoyish etilgan barcha liboslar bu talablarni qondira olishiga ishonchimiz komil. 

    Liboslarda zamonaviylik va milliylik uyg‘unligi g‘oyasini ilgari surgan bu tanlov  haqiqiy milliy liboslar festivaliga aylanib ketdi va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.