Bugun 26 may kuni Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi hamda Buxoro viloyat “Navqiron Buxoro” gumanitar tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda “Korrupsiyasiz loyha” doirasida “Korrupsiyasiz taraqqiyotni ta’minlash: muammo va echimlar” mavzusidagi ilmiy-nazariy anjumani bo‘lib o‘tdi. 

      Ilmiy anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasi raisi, falsafa fanlari doktori, professor Abira Amonovna Huseynova, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i, 1-darajali adliya maslahatchisi A.I. Rahmatov, Miri Arab Oliy madrasasi o‘qituvchisi Muhammadmuso Nabijonovich va Institut “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari  siyosiy fanlar nomzodi dotsent F.M.Bafoev, tarix fanlari nomzodi. dotsent YU.A.SHukrullaev, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri falsafa fanlari nomzodi dotsent E.X.Zoyirov o‘zlarining Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar. 

       Ilmiy Anjuman doirasida institutning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi siyosiy fanlar nomzodi, dotsent F.M.Bafoev boshchiligida chop etilgan “Korrupsiyasiz taraqqiyotni ta’minlashda muammo va echimlar”, “Korrupsiyadan xoli jamiyat sari” ilmiy kitoblari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.