KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI

      Bugun, Institutimiz  Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i K.N.Abdullaev va bosh mutaxassis SH.M.Zayniev tomonidan “KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI” mavzusida “To‘qimachilik va charm sanoat i” fakultetining, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.K.Saloxov, fakul’tet tyutori B.B.Xasanov ishtirokida fakultetning 408-22 DIZ guruh talabalari bilan  Oliy talim tizimida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati  tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i  K.N.Abdullaev so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning salbiy oqibatlari va bugungi kunda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.

      SHuningdek, tadbirda jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish kerakligi, buning uchun jamiyatimizning har bir a’zosi mas’ul bo‘lishi unga qarshi kurashda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmog‘imiz lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.