Joriy yilning 17 may kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Paxta va engil sanoat texnologiyalari” fakulteti “Oliy matematika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va xodimlari bilan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarining ijrosi yuzasidan “Korrupsiya-ta’limning kushandasi” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. 

O‘tkazilgan tadbirda Korrupsiyaga karshi kurashish “KN“ bo‘limi boshligi K.N.Abdullaev, bo‘lim bosh mutaxasisi SH.Zayniev, “Oliy matematika” kafedrasi mudiri G‘.YUnusov, fakultet dekaning ma’naviyat va marifat ishlari buyichi o‘rinbosari X.Quvvatov, hamda kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish “KN” tizimini boshqarish bo‘limining xizmat faoliyati, xususan, bo‘limning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish” to‘g‘risidagi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga karshi kurashish agentligining 2021 yilning 18 oktyabrdagi 01-07/6859-sonli xati hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yilning 22 oktyabrdagi 443-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 10 ta tavsiyaviy hujjatlar to‘plami hamda institutning “Korrupsiyaga qarshi siyosati”, “Manfaatlar to‘qnashuvi” nizomlari to‘risida keng tushunchalar berib o‘tildi.