“Kitob – ilm va hikmat manbai!”

 

Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va mukaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobta muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. 

Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi. Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog‘liq. Ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida qo‘l keladi. Inson o‘zining fikrlash qobiliyati, ma’naviyat dunyosi bilan tirik. Odamni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi omillardan biri ham uning ma’naviyati hisoblanadi.

Xo‘sh, biz insonlar ma’naviy ozuqani qaerdan olamiz? Albatta, “bilimlar manbai” bo‘lmish kitobdan. Kitob – bebaho boylik ekani barchamizga ma’lum. Birorta san’at turini televidenie va radio, zamonaviy kompyuterlar imkoniyati va afzalliklarini inkor qilmagan holda aytish mumkinki, bularning hech biri kitob o‘rnini bosa olmaydi. Ayniqsa, badiiy kitoblar har bir kishida insoniy fazilatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini kengaytiradi.

2023 yilning 10 fevral kuni “TJBT” fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 1-sonli “TTJ”da istiqomat qiluvchi talabalar bilan “Bir kitobda ming tafakkur!” shiori ostida “Kitob – ilm va hikmat manbai” mavzusida kitobxonlik kechasi tashkillashtirildi.

  Tadbirni kirish so‘zi bilan “TJBT" fakulteti "Yoshlar bilan ishlash” bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Raxmatov ochib berdi. Shuningdek u kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallashi, kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayverishi, kitob o‘qimagan insonning ongi esa ma’naviy qashshoqligicha qolaverishi va boshqalar to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi. 

Shundan so‘ng so‘zga “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri dos.A.Ch.Boboev, kafedra dotsenti G.D.Xasanovalar chiqishib, kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanishi, kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turishi, kitob bilan oshno bola yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayishi, ko‘p kitob o‘qigan kishining bilim saviyasi yuqori, muomala madaniyati yuksak, yetuk inson sifatida hayotda o‘z o‘rnini topa olishi va boshqalar to‘g‘risida ma’ruza qilishdi.

Shundan so‘ng so‘zga kafedra stajor o‘qituvchilari: X.Qurbonova  Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanini, hamda  N.Muxitdinova O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanini slaydlar orqali taqdimot qilib talabalarga tushuntirib berdilar.

Shundan so‘ng kafedra katta o‘qituvchisi N.N.Rasulova so‘zga chiqib, buyuk shoirlar, adiblar tomonidan yozilgan asarlar, kitoblar, romanlardan foydalangan holda savollar tuzib, talabalar bilan qiziqarli “Intellektual o‘yin” treningini o‘tkazdi. Talabalarning barchasi ushbu treningda faol ishtirok etishib, savollarga to‘liq javoblar berishdi.

Tadbir oxirida “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari barcha talabalarga buyuk shoirlar, adiblar tomonidan yozilgan kitoblarni sovg‘a qilishdi. 

Tadbirda 30 nafardan ortiq talabalar ishtirok etishdi