“KASBIM – KELAJAGIM”

         Buxoro muhandislik-texnologiya institutining TJBT fakulteti «Menejment» kafedrasi  katta o’qituvchilari Usmanova N.Yu. va Primova A.A. 2023 yil 3 may kuni Buxoro shahridagi   2, 5-umumta`lim maktabida bo‘lib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan “Kasbim – kelajagim” mavzusida suhbat tashkillashtirishdi. Suhbat davomida Usmanova N.Yu. institut fakultetlari, kafedralar, 2023-2024 o‘quv yilidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda institut tuzilmasi haqida to‘liq ma’lumot bergan bo’lsalar, Primova A.A. o‘tgan o‘quv yilida qabul qilingan talabalar soni, davlat tomonidan ajratilgan grant va kontrakt o‘rinlari, kirish ballari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq  yetkazib berishdi. BMTI ning qo’shma ta’lim dasturi, xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik, bunday ta’lim yo’nalishining imkoniyatlari va yutuqlari haqidagi ma’lumotlar ham chetda qolmadi. Shuningdek, o`quvchilarga institutda tahsil oladigan mutaxassisliklarining jamiyat hayotidagi o`rni, kadrlarning mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi roli to`g`risida fikrlar bildirildi. Jumladan, “Menejment” kafedrasi va uning faoliyati bilan tanishtirish maqsadida tarqatilgan buklet-flayerlar hamda namoyish etilgan kafedra videoroligi o`quvchilar orasida katta qiziqish uyg`otdi.